Suv haqida ertak. to’liq malumot oling

Suv haqida ertak. to’liq malumot oling

Suv haqida ertak.

Bor ekanda yuq ekan,

Och ekanda to’q ekan,

Bor ekan suv saltanati,

Unda yashar Suvparisi.

Yashar ekan suv tubida,

Chiroyli ekan Juda,

Yonida ko’p xizmatkorlar,

Guzal parini quriqlar.

Bor ekan ket,delfinlar,

Suzar erkin baliqlar,

Qisqichbaqa,sakkizoyoq,

Chiroyli ekan hammayoq.

Bir kun tinchlik yuqoldi,

Suv iflos bo’lib qoldi,

Jahli chiqdi Suvparini,

Toping dedi qilganni.

Bitta shux bolakay,

Suvga otarkan tosh,loy,

Suv loyqalanib shunda,

Tinchlik yuqoldi suvda.

Olib keldilar bolakayni,

Boshladilar surovni,

Olsin bola jazosin,

Ko’rmasin ota-onasin.

Olib boring suv tubiga,

Bormasin u uyiga,

Bola ko’zi yoshlandi,

Aybini u tan oldi.

Kechiringlar meni dedi,

Suvni iflos qilmayman

Suvparisi uylab qoldi,

Senga raxm qilmayman,

Suvni asra bolakay,

Loyqalama sen atay,

Boyligimiz suv bizni,

Asraydi hammamizni.

Kechiraman mayli seni,

Boraqolgin uyingga,

Unutmagin sen meni,

Aytgin buni hammaga.

Suvpari shunday qilib

Bolani quyib yubordi

Bolakay xursand bo’lib,

So’ng uyiga bordi

Dedi oyi va dada,

Bizlar suvni asraylik,.

So’z berdim Suvpariga,

Suv keltirar bizga sog’lik.

✍️: Islomova Mukambar

Ertaklar
Suv haqida ertak.