SURXONDARYO TEATRI
SURXONDARYO TEATRI, Mannon Uygʻur nomidagi Surxondare viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yetakchi teatrlaridan biri. 1935-y. 5 noyab. da Afandixon Ismoilov sahnalashtirgan «Gʻolibiyat» spektakli bilan Termiz sh. da ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh sanʼatkorlar teatr asosini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R. Bobojonov, bosh rej. A. Ismoilov, bosh rassom N. T. Malishevskiylar tayinlandi. O. Fayozova, M. Hamidova, K. Muslimova, 3. Olimov, T . Zoxidov, M. Umarova, X. Aʼzamov, N. Azizov, Q. Toʻlaganov va b. teatrning ilk aktyorlaridir. Jarkoʻrgʻon kz—sz teatri xam Surxondaryo teatri iga birlapggirildi (1936). 30ylarda teatr repurtuaridan oʻzbek dramaturglarining ijtimoiy hayot, kollektivlashtirish, turli kuchlarga qarshi kurash ruhida yozilgan asarlari oʻrin oldi: «Rustam» (U. Ismoilov), «Gulsara» (K. Yashin), «Uygonish» (N. Safarov), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Arshin mol olon» (U. Hojibekov), «Farhod va Shirin» (A. Navoiy) va b.
Ensiklopediya.uz
SURXONDARYO TEATRI