SURXOB

SURXOB

SURXOB — Tojikistondagi dare. Orqa Olay tizmasining shim. yon bagʻridan Qizilsuv nomi bilan boshlanadi. Olay vodiysi boʻylab oqadi. Irmoqlari: Achchiqtosh, Taka, Koʻksuv, Muksuv, Yarxich, Obixingov va b. Tojikiston hududiga oʻtgandan soʻng Surxob (oʻzbekcha «Qizilsuv») nomini oladi. Rogʻun suv omboriga quyilish joyida, eng yirik irmogʻi Obixingov qoʻshilgandan keyin Vaxsh nomi bilan ataladi (yana q. Vaxsh).

Ensiklopediya.uz
SURXOB