Surunkali COVID-19 nima, u kimlarga xavf soladi?
Surunkali COVID-19 odamda 3 oydan ko`proq vaqt davomida kuchli zaiflik, tanadagi og`riqlar, nafas qisilishi va boshqa alomatlar paydo bo`lishiga sabab bo`lishi aniqlandi.
Bu kasallik butun dunyo bo`ylab minglab odamlarda kuzatilmoqda. Ushbu bemorlar tuzalganidan bir necha oy o`tsa-da, sog`lig`ini to`liq tiklay olishmadi. Surunkali COVID-19 longkovid deyiladi.
Longkovidning o`tkir bosqichini osonlikcha yoki simptomlarsiz o`tkazgan yosh va sog`lom odamlarda ham uchraydi. Surunkali koronavirusning quyidagi alomatlari bor:
- doimiy charchoq;
- mushaklar va tananing turli qismlarida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan og`riqlar;
- chuqur nafas ololmaslik yoki nafas qisilishi;
- diqqat buzilishi;
- piyoda yurishning qiyinlashuvi;
- bosh og`rig`i;
- doimiy uyqusizlik;
- xotira pasayishi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Surunkali COVID-19 nima, u kimlarga xavf soladi?