Supradin kids ryibki to’liq malumot oling
?Supradin kids ryibki — 3 yoshdan boshlab bolalarga buyurish mumkin.
#Supradin kids ryibki
#Супрадин кидс рйибки
?Dori shakli : pastilka
?Tarkibi: ?
⭐️Vitaminlardan — B 6 , B 12 , C , PP , E saqlaydi
⭐️Glyukoza , qand , jelatin , xolin saqlaydi
⭐️Limon kislota va yog’ kislota saqlaydi
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
Bu preparat biologik aktiv modda hisoblanadi. Tarkibida bir nechta vitamin saqlagan preparatlar hisoblanadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Ishtahani yaxshilaydi
— Xotirani mustahkamlaydi
— Asab tizimini tinchlantiradi
— Immunitetni oshiradi
— Kamqonlikka qarshi ta’siri bor
— Ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi
— Tetiklashtiruvchi xususiyatga ega
— Bolani o’sishi va rivojlanishi uchun buyuriladi
— Bosh miya aqliy va jadal fikrlash qobiliyatini oshiradi
?QO’LLASH USULI ?
Supradin kids ribka preparati ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
3 yoshdan katta bolalarga kuniga 1 jelatinli pastilka buyuriladi
4 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 2 ta jelatinli pastilka qabul qilish buyuriladi
Qabul qilish davomiyligi — 30 kun.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Qonda qand miqdorini oshiradi
— Tana vaznini oshiradi
Boshqa nojo’ya ta’siri kam kuzatilgan.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Qandli diabet kasalligida mumkinmas
— Semizlikda , ya’ni tana vazni ortiqcha bo’lganda
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya
Dorixona
Supradin kids ryibki