SUNNIYLIK

SUNNIYLIK

SUNNIYLIK (sunna soʻzidan) islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxm. 93% i Ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston ya. o. va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim. Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQSHda yashaydi.

Ensiklopediya.uz
SUNNIYLIK