SUNDUKYAN Gabriel Mkrtichevich

SUNDUKYAN Gabriel Mkrtichevich

SUNDUKYAN Gabriel Mkrtichevich [1825.29.6(11.7) Tbilisi 1912.16. (29).3] — arman yozuvchisi, dramaturg. Arman adabiyotida tanqidiy realizm asoschilaridan. Arman teatri tashkilotchilaridan biri. Peterburg un-tini tugatgan (1850). Ilk pyesasi — «Tungi aksirish — yaxshilikka» (1863-y. sahnalashtirilgan). «Shovqin» (1866), «Yana bir qurbon» (1870), «Buzilgan uya» (1873), «Erxotin» (1888) kabi pyesalarida arman xalqining qismati va orzuintilishlari tasvirlangan. Uning «Pepo» pyesasi (1871) arman dramaturgiyasining nodir asarlaridan biri hisoblanadi. Sundukyan umrining soʻnggi yillarida «Sevgi va erkinlik» (1910), «Vasiyat» (1912) dramalarini yaratdi. Sundukyan pyesalari arman dramaturgiyasi tarixida butun bir davrni tashkil etadi. U komediya janrini tor maishiy doiradan ijtimoiy umumlashmalar darajasiga koʻtardi. «Varenkaning ziyofati» (1877) qissasi ham bor.

Ensiklopediya.uz
SUNDUKYAN Gabriel Mkrtichevich