SUNʼIY QOCHIRISH

SUNʼIY QOCHIRISH

SUNʼIY QOCHIRISH (urugʻlantirish) — qishloq xoʻjaligi. hayvonlarini qochirish (urugʻlantirish) uchun erkak hayvonlardan olingan spermani kuyikkan urgochi hayvon jinsiy yoʻliga (bachadon boʻyniga yoki bachadonga) sunʼiy kiritish. Seleksiyanaslchilik ishida eng mahsuddor naslli erkak hayvonlardan unumli foydalanish, hayvonlar zotlarining nasl sifatlarini jadal yaxshilash maqsadlarida qoʻllanadi, mollar tabiiy qochirilganda jinsiy aʼzo orqali yuqishi mumkin boʻlgan kasalliklar (brutsellyoz, vibrioz va b.)ning oldi olinadi. Spermalar naslchilik korxona (stansiya)laridagi eng yaxshi nasddor erkak hayvonlardan olinadi. Sunʼiy qochirish k,. 5 ta asosiy texnik usuldan iborat: erkak hayvondan sperma olish, uning sifatini baholash, maxsus sharoitda suyultirish, urugʻlantirish qobiliyatini yoʻqotmay sovuq muhitda saklash, urgʻochi hayvon jinsiy yoʻliga kiritish.

Ensiklopediya.uz
SUNʼIY QOCHIRISH