SUNʼIY NAFAS OLDIRISH
SUNʼIY NAFAS OLDIRISH — sunʼiy yoʻl bilan (maxsus usullar yoki apparatlar yordamida) oʻpkaga havo kiritish va chiqarish, boshqacha qilib aytganda oʻpkaning havo almashtirish funksiyasini tiklash. Mustaqil nafas olish toʻxtaganda yoki buzilganda (nafas yoʻllariga yot jismlar tushganda, is tekkanda, tok urganda, kishi suvga choʻkkanda va b. hollarda) qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
SUNʼIY NAFAS OLDIRISH