SUNʼIY BUYRAK

SUNʼIY BUYRAK

SUNʼIY BUYRAK, gemodializator — xastalangan buyraklarning chiqaruv funksiyasini vaqtincha oʻtaydigan apparat. Asosiy vazifasi oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida suv elektrolit va kislotaishqor balansini, qon tarkibini normal saklash, moddalar almashinuvi mahsulotlarini va turli zaharlanishlardan hosil boʻlgan toksinlarni, shuningdek, shishganda organizmdagi ortiqcha suvni chiqarib tashlashdan iborat (gemodializ).

Ensiklopediya.uz
SUNʼIY BUYRAK