SUMI
SUMI — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Xarkov — Vorojba yoʻnalishidagi t. y. stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 293,1 ming kishi (2001). Sumiga 1652-y. da asos solingan. 1658—1765-y. larda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-y. dan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-y. dan Xarkov noibligining uyezd shahri. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-y. da Sumi viloyati markazi.
Ensiklopediya.uz
SUMI