SUMBAR
SUMBAR — Turkmaniston va Erondagi dare (qisman Turkmaniston bilan Eron chegarasidan okadi). Atrek daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 245 km, havzasining mayd. 8300 km2. Kopetdogʻ togʻlaridan (Eronda) boshlanadi. Quyi oqimida yiliga 2—5 oygacha qurib qoladi. Yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmogʻi — Chandir (chapdan). Sdan sugʻorishda foydalaniladi. Vodiysi subtropik bogʻdorchilik r-ni.
Ensiklopediya.uz
SUMBAR