Sumalak tayyorlash retsepti

Sumalak tayyorlash retsepti
sumalak tayyorlash retsepti 65caf2c2efd72

i

Sumalak tayyorlash retsepti

DO`STLARGA ULASHING:

TAYYORLASH USULI
Jaydari qizil, qayroqi bug‘doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. Zanglamaydigan idishga solinib, uch kun ivitib qo‘yiladi. Bug‘doy nish urgach, toza taxta (teshikchalar ochilgan faner) ustiga 1 — 1,5 sm qalinligida yorug‘roq, lekin quyosh nuri tushmaydigan joyga taxtaga yoyiladi va qar kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug‘doy maysasi (ko‘k) igna bo‘yi bo‘lganda (3—4 kundan so‘ng) uni bo‘laklarga bo‘lib, taxtadan ajratib olinadi.
Ko‘k qiymalanadi yoki o‘g‘irda tuyiladi va ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokada suziladi. Shu tarika uch marta sharbat olinib, alohida idishlarda saqlanadi, 0,5 kg undirilgan bug‘doy uchun 2 kg bug‘doy uni, 1 kg paxta yog‘i kerak. Qozonda paxta yog‘i dog‘lanib sovitiladi. Yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda kaynatiladi.

So‘ngra ikkinchi suzilgan sharbat quyiladi, bu ham qaynagach, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Tagiga olmasligi uchun krzonga yong‘okdek keladigan 15—20 ta silliq toshchalar va 10—12 dona yong‘oq yuvib solinadi va yog‘och kurakcha bilan beto‘xtov kovlab turiladi. Sumalak 10—12 soat qaynatiladi. Tayyor Sumalakning rangi och jigarrang , quyuq ataladek, mazasi shirin bo‘ladi. Sumalak yetilgach, krzonning olovi olinib, 5—6 soat dimlab qo‘yilad
Sumalak qadimdan, ayrim maʼlumotlarga ko‘ra 3000 y. dan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshlanishi arafasida, Navro‘zaa. tayyorlab kelinadi. 20-a.ning 90yillaridan boshlab. Sumalak pishirish Navro‘z bayramida, ayniqsa, ayollar o‘rtasida katta tantana bilan o‘tadi.

Sumalak tayyorlash retsepti