SULTONOV Muhammad Aliyevich

SULTONOV Muhammad Aliyevich

SULTONOV Muhammad Aliyevich (1915.2.2 — Toshkent — 1980.12.7) gelmintolog olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), biol. fanlari d-ri (1963). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1937). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya in-tida kichik ilmiy xodim (1941— 43), katta ilmiy xodim (1943—56), gelmintologiya lab. mudiri (1956—78), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1962 — 66). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning uy va ov xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan parrandalari gelmintlari, ot oshqozon boʻkasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofaunasini oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
SULTONOV Muhammad Aliyevich