SULTON VALAD
SULTON VALAD (Sultan Velet) Muhammad Bahouddin (1226, Qaraman, Koʻniya viloyati — 1312, Koʻniya sh.) — turk shoiri. Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli. Sufiylar orasida tarbiya olgan; oʻzi ham sufiylikning mavlaviya tariqati boshligʻi (shayx) boʻlgan. Sulton Valadning butun ijodi otasining hayoti, faoliyati va taʼlimotini ommalashtirishga bagʻishlangan. Forsiy sheʼrlar devoni va «Valadnoma» dostonining muallifi. Mazkur doston 3 ta mustaqil qismdan iborat: «Ibtidonoma», «Intihonoma» va «Rubobnoma». 1va 3qismlarda turk tilining koʻniya lahjasida yozilgan kattakatta parchalar («saljuqona sheʼrlar») uchraydi. Bular kichik Osiyoda yaratilgan va sanasi aniq koʻrsatilgan (1301) dastlabki turkiycha sheʼrlardir. Sulton Valadning «Ilmnoma» risolasi ham bor.
Ensiklopediya.uz
SULTON VALAD