SULTON MAXMUDXON

SULTON MAXMUDXON

SULTON MAXMUDXON (? 1404) Amir Temur hukmronligi davrida nomigagina Movarounnaxr taxtiga oʻtqazilgan xon (1388—1404). Suyurgʻatmishxonning oʻgʻli. Amir Temur Xorazmga qilgan yurishidan qaytib kelgach, Buxoroda olamdan oʻtgan Suyurgʻatmishxon oʻrniga Sulton Maxmudxon oʻtqazilgan. SM. nomiga tangalar zarb qilingan. 1395-y. Toʻxtamishta qarshi qilingan 2yurish vaqtida SM. oʻgʻruqobozga boshchilik qilgan va jangdan keyin hoz. Saratov sh. yaqinida joylashgan Yuluqluq va Uzuk,luq nomli mavzeda Sohibqironga kelibqoʻshilgan. 1398—99 y. lardagi Hindiston fathida faollik koʻrsatgan SM. koʻshinning soʻl qanoti juvongʻarga rahbarlik qilgan. 1402-y. dagi Ansara jangiyaa Boyazid I Yildirimni asir olishga muvaffaq boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
SULTON MAXMUDXON