SULFIDLAR
SULFIDLAR, tabiiy sulfidlar — minerallar sinfi, metallarning oltingugurtli aralashmasi. S. Yer poʻstining 0,15%ga yakinini tashkil kilib, 200 dan ortiq mineral turini oʻz ichiga oladi. Sulfidlarga tabiiy selenidlar, telluridlar, arsenidlar gʻamda antimonidlar va vismutidlar yaqin. Sulfidlarda asosiy tur hosil qiluvchi elementlar Pb,Cu, Sb, As, Ag, Bi, Fe, Co va Ni oʻnlab mineral turlari tarkibiga kiradi. Zn, Cd, Mn, Ge, Sn, Tl, Mo, Hg lar kam turli birikmalar bersada, bularning ichida ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan va keng tapqalgan muhim minerallar — sfalerit (ZnS), molibdenit (MoS2), kinovar (HgS^ap uchraydi. Sulfidlarda izomorf aralashmalar holida uchraydigan elementlarga Ai, Ag, Ga, Ge, In, Tl va Re lar kiradi. H2S (maye As2S, R5)ning hosilasi boʻlgan oddiy Sdan tashqari H2S2 (mas, Gʻye82) ning hosilasi pers ulfidl ar; murakkab sulfidlar (mas, Pb5Sb4Sn) va sulfasollar [AsS]3~, [SbS3]3~ anionlari bilan; qoʻshaloq sulfidlar (mas, xalkopiritlar) ham mavjud. Sulfidlarning kristallokimyoviy maʼlumotlariga asoslangan zamonaviy tasnifida, asosiy kimyoviy tiplari orasida kichik sinflar mavjud boʻlib, ulardan struktura tiplariga mos boʻlgan guruhlar farq qilinadi. Sulfidlarning eng muhim guruhlariga: koordinatsion Sulfidlarning kichik sinfiga — galenit PbS, sfalerit ZnS, pirrotin Fe,_xS, pentlandit (Fe,Ni)9Sg, kubanit CuFe2S3 xalkopirit, bornit Cu5FeS4 va b. guruxlar; S. ning sinchl i kichik sinfiga — argentit As2S, xira rudalar guruhlari; S. ning halqali kichik sinfiga — realgar AsS guruhi; orolli kichik sinfiga — pirit FeS2, kobaltin CoAsS — arsenopirit FeAsS va b. guruxlar; S. ning zanjirli kichik sinfiga antimonit Sb2S3, millerit NiS, kinovar HgS guruhlari; S. ning qatlamli kichik sinfiga — molibdenit MoS2, auripigment As2S3, kovellin CuS va b. guruxdar kiradi. Sulfidlarning kattikligi 2 — 4, katlamli Sda 1—2 gacha (molibdenit, kovellin va b.), persulfidlarda esa 5 — 7 gacha (pirit va b.). Zichligi 4 g/ sm3dan ortiq. S. Yer yuzida oksidlanganda osonlik bilan sulfatlarga, sunfa gidroksidlarga, karbonatlarga, baʼzan sof tugʻma elementlarga (mas, Si, Ag) aylanadi. Kuplab Sulfidlar muhim rudali minerallar bulib, rangli, ogʻir, kamyob va tarqoq metallar, ularning qotishmalari va birlashmalari olinadigan xom ashyo hisoblanadi. Sulfidlarning elektrofizik, jumladan, elektrooptik va yarimutkazgichlilik xususiyatlari tufayli ulardan, IKdetektorlarning sezuvchan elementlarini, yarimoʻtkazgich va elektrooptik qurilmalarni i. ch. da foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
SULFIDLAR