SULAYMON
SULAYMON — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, hukmdor. Mil. av. 965—928-y. larda IsroilIudeya podshohi boʻlgan. Dovudniit oʻgʻli. 13 yoshida taxtga oʻtirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan koʻra olimroq boʻlgan. Rivoyatga koʻra, u jamiki insu jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida boʻlib, Sulaymon farmoniga koʻra, u xodit bildirgan joyda esardi. Sulaymonga berilgan moʻjizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: paygʻambar izmidagi jinlar oʻsha misdan uning xoxlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning Sulaymonga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakl etiladi. Sulaymon oʻz qoʻl ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham boʻlib, u Yamanning Sabo sh. dan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. S. Bilqisga maktub yoʻllab, uni yolgʻiz Allohga itoat etishga daʼvat etadi (Naml surasi, 20—37oyatlar).
Ensiklopediya.uz
SULAYMON