SUHRAVARDIYLAR
SUHRAVARDIYLAR — mashhur mutasavviflar, Eronning Suhravard sh. da tugʻilgan (12-a.) 3 qarindosh: Najib Suhravardiy (1097—1168), Shayx Shahobiddin Abu Hafs Yahyo Suhravardiy (1155—1191) va Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (1144—1234). Najib Suhravardiy keyingi ikkalasining ustozi boʻlgan. Yahyo Suhravardiy tasavvufda i«shroq» (nur) falsafasini yaratgan. Umar Suhravardiy suhravardiylik tariqatiga asos solgan. S, asosan, Bagʻdod madrasalarida taʼlim olib, shu yerda ijod qilganlar.
Ensiklopediya.uz
SUHRAVARDIYLAR