SUGʻURTA

SUGʻURTA

SUGʻURTA — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va b.), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. S muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida Sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
SUGʻURTA