SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI

SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI

SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORIsugʻurta xizmatlari oldisotdisi bilan bogʻliq iktisodiy munosabatlar majmui. Sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va agentlari Sugʻurta xizmatlari bozorining professional ishtirokchilari xisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sugʻurta sohasida davlat monopoliyasining bekor kilinishi Sugʻurta xizmatlari bozorining shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratdi. Sugʻurta xizmatlari bozori hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy Sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Xal qaro Sugʻurta xizmatlari bozori nisbatan taraqkiy etgan baʼzi davlatlar sugʻurta tashkilotlarining xalqaro miqyosda koʻrsatayotgan sugʻurta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQSHning «AIG» (Ameriken Interneyshnl Grupp) sugʻurta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozori hududiy, savdoiqtisodiy, madaniy jihatdan birbiriga yaqin boʻlgan mamlakatlarning Sugʻurta xizmatlari bozori dir. Bunga Yevropa Ittifoqi mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorini misol qilib keltirish mumkin. Alohida davlatlar qududi doirasida faoliyat koʻrsatuvchi Sugʻurta xizmatlari bozori bozori — milliy Sugʻurta xizmatlari bozori hisoblanadi. Keyingi yillarda milliy, mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorining xalqaro Sugʻurta xizmatlari bozoriga integratsiyalashuv jarayonining kuchayotganligi kuzatilmoqda.

Ensiklopediya.uz
SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI