SUGʻURTA KOMPANIYASI

SUGʻURTA KOMPANIYASI

SUGʻURTA KOMPANIYASI — sugurta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sugʻurta xizmatlari bozoritsht professional ishtirokchisi. OʻzR da Sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olganidan soʻnggina sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyalariga hayot sugʻurtasi va hayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta turlarini oʻtkazish uchun litsenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sugʻurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Sugʻurta kompaniyasi ushbu sugʻurta turidan tashqari boshqa umumiy sugʻurta turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas yoki aksincha.

Ensiklopediya.uz
SUGʻURTA KOMPANIYASI