SUGʻD ADABIYOTI

SUGʻD ADABIYOTI

SUGʻD ADABIYOTIsugʻd tilida yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi 4 — 10-a. larga taalluqli boʻlib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozishmalar, farmon va yorliqlar, sugʻd astronomik kalendari, Oʻrta Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alifboda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan boʻlib, Sinszyan hududidan, shuningdek, Mugʻ togʻidan topilgan (q. Mugʻ qalʼa hujjatlari). Afrosiyob devoriy raslshdagi elchi tasvirida 16 satrdan iborat ishonch yorligʻi yozilgan. Sugʻd yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan boʻlsada, rangorang syujetlardan tuzilgan qochirim soʻzlar, hikmatli iboralarga toʻla maktub va yorliklar sugʻdlarda boy adabiyot boʻlganini koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
SUGʻD ADABIYOTI