SUDYALARNING MUSTAQILLIGI
SUDYALARNING MUSTAQILLIGI (OʻzRda) — odil sudlovns faqat qonunga boʻysunib amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan demokratik huquqiy davlatga xos prinsip. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112moddasida Sm. alohida taʼkidlangan. Sud faoliyatiga biror tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sm. sudyaning daxleizligini ham taqozo qiladi. Daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat yozishlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham tegishlidir. Sudya va uning oilasining xavfeizligi alohida taʼminlanadi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart.
Ensiklopediya.uz
SUDYALARNING MUSTAQILLIGI