SUDXOʻRLIK

SUDXOʻRLIK

SUDXOʻRLIK — gʻoyat ogʻir shartlar bilan qarz berib, foyda olinadigan faoliyat. S. ning paydo boʻlishi ibtidoiyjamoa tuzumining yemirilish davriga toʻgʻri keladi. Sudxoʻrlik kreditnnt qad. shakli boʻlib, dastlab moddiynatural holda boʻlgan. Uning egasi oʻz isteʼmolidan ortib qolgan mahsulotini muhtojlarga qarzga bergan. Pul paydo boʻlgach, Sudxoʻrlik pulni gʻoyat yuqori foiz evaziga qarzga berish shakliga kirgan. Sharq mamlakatlari, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda Sudxoʻrlik bilan sarroflar va boy savdogarlar shugʻullangan. Sudxoʻrlikda qarzni qaytarish muxdati, toʻlanadigan foiz miqdori ogʻzaki kelishuv yoki tilxat bilan rasmiylashtirilgan. Qarz foizining darajasi turli mamlakatlarda turlicha, hatto bir mamlakatdagi shahar va tumanlarda ham har xil boʻlgan. Olingan qarz pulidan kapital tarzida emas, toʻlov va xarid maqsadlarida foydalanish, qarz foizining gʻoyat yuqori boʻlishi, kafolat uchun koʻchmas mulk, qimmatbaho buyumlarni garovga qoʻyish Sudxoʻrlikka xos. Koʻp hollarda qarzdorlar qarzni oʻz vaqtida uza olmay yeridan, uyjoyidan, molmulkidan ajralib xonavayron boʻlgan, sudxoʻrlar esa boyib ketgan.

Ensiklopediya.uz
SUDXOʻRLIK