SUD
SUD (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va b. toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. Sudlar odatiy va favqulodda Sud larga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Slar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h. k. sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy Sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy Sudlar (mas, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va b. da shariat S. lari) va odatiy huquq Sudlari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila Sudlari) ham mavjud. S, shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya Si, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat Sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy Sudga boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
SUD