SUD TERGOVI
SUD TERGOVI (OʻzRda) jinoyat ishlari boʻyicha sud muhokamasining asosiy, masʼuliyatli qismi. Sud tergovi ayblov xulosasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi. Dastlab sudlanuvchidan eʼlon qilingan aybiga iqrorligi yoki iqror emasligi soʻraladi. Soʻngra taraflarning takliflarini inobatga olib dalillarni tekshirish tartibi belgilanadi. Basharti Sud tergovi sudlanuvchini soʻroq qilishdan boshlansa, undan keyin jabrlanuvchi soʻroq qilinadi. Guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va b. sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olib hal kidali. Barcha dalillar tekshirib chiqilgandan soʻng Sud tergovini toʻldirish masalasi hal qilinadi va Sud tergovi tamomlanadi. (JPK, 439—448moddalar).
Ensiklopediya.uz
SUD TERGOVI