SUD PLENUMI

SUD PLENUMI

SUD PLENUMI (OʻzRda) sudyalardan iborat tarkibdagi sud tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudida mavjud eng yuqori sud instansiyalari. Ularning tarkibiga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining va xoʻjalik sudlarining raislari ham kiradi. SP. majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori katnashadi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Adliya vaziri va Ilmiymaslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida bir yilda 2-marta chaqiriladi va SP. aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli boʻladi.

Ensiklopediya.uz
SUD PLENUMI