SUD HAYʼATI

SUD HAYʼATI

SUD HAYʼATI (OʻzRda) — muayyan ishni koʻruvchi sud tarkibi. Jinoyat ishlari 1instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va 2 nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi boskichda 3 nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chikddi. Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent sh. sudlarida Sud hayʼati larida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni koʻrish 3 nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov xayʼatlarida jinoyat ishlari apellyatsiya va kassatsiya tartibida 5 nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. Jinoyat ishini kurihda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari katnashadilar.

Ensiklopediya.uz
SUD HAYʼATI