SUBTROPIK GʻOʻZALAR

SUBTROPIK GʻOʻZALAR

SUBTROPIK GʻOʻZALAR, gʻoʻzaning subtropik shakllari — hozir ekilayotgan Gʻuzaning yuksak darajada madaniylashtirilgan evolyutsion shakllari. Ular xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan qariyb barcha belgi va koʻrsatkichlar boʻyicha uzoq tanlash va jahon paxtachiligining qimmatli genofondi mahsulidir. Subtropik gʻoʻzalar uzoq yashamaydigan, simpodial va keskin simpodial yarim oʻtsimon buta. Tuklanish darajasi, barg plastinkasining kattaligi va shakli, chigitlarining tuklanishi, tupining tipi, boʻgimlari oraligʻining uzunligi, simpodial shoxlarining tipi, koʻsaklarining kattaligi va shakli, tolasining uzunligi, tola chiqishi va b. sifatlari oʻzgarib turadi. Tolasi oq, och sariq, baquvvat va uzun; yovvoyi holda oʻsish qobiliyatini yoʻqotgan. Subtropik gʻoʻzalar turli kasalliklarga nisbatan ekologik chidamliligi, hosildorligi, koʻsagining yirikligi, tolasining texnologik sifati yaxshiligi tufayli dunyodagi gʻoʻza ekiladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan. Arealning turli qismlarida agroekologik sharoitlarga koʻra ekologikgeografik shakllarning oʻsha joylar sharoitiga moslashgan guruxlari, mas, Meksika gʻoʻzasintg Sharqiy Amerika, Oʻrta Osiyo, Shim. Xitoy, Jan. Afrika, Bolqon va b. da oʻsadigan alohida guruxlari shakllangan.

Ensiklopediya.uz
SUBTROPIK GʻOʻZALAR