STRUVE Vasiliy Yakovlevich

STRUVE Vasiliy Yakovlevich

STRUVE Vasiliy Yakovlevich [1793.4(15)4, Altona (Germaniya) — 1864.11(23)11, Peterburg] — rus astronomi, Peterburg FA akad. (1832). Derpt (hoz. Tartu, Estoniya) un-tini tugatgan (1810). Struve 1818—39 y. larda shu untning rasadxonasi rahbari. Pulkovo rasadxonasining asoschisi va 1839-y. dan uning direktori. Struve Dunay daryosining quiilishidan to Shim. Muz okeanigacha boʻlgan meridian yey i uzunligini (25°20ʻ) oʻlchagan. Pulkovo rasadxonasidagi barcha teleskoplar Struve buyurtmasiga asosan yasalgan hamda oʻrnatilgan. U Galaktika markazi tomon yulduzlar sonining ortib borishini, yulduzlararo mugʻitning mavjudligini kashf etgan. Struve qoʻshaloq yulduzlar hamda yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchashga doir tadqiqotlar olib borgan.

Ensiklopediya.uz
STRUVE Vasiliy Yakovlevich