STRONSIY

STRONSIY

STRONSIY (lot. Strontium) , Sr Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkorsher metallar guruhiga kiradi. Tartib rakami 38, at. m. 87,62. Tabiiy Stronsiy 4 ta barqaror izotopdan iborat: 84Sr (0,55%), 86Sr (9,87%), S7Sr (7,02%) va 88Sr (82,56%). S. ning massa sonlari 80 dan 97 gacha boʻlgan bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari, jumladan, uranning parchalanishi natijasida hosil boʻladigan eng uzok, vaqt mavjud boʻluvchi maxsulotlardan 90Sr (T1/2q27,7 y.) ham olingan. Stronsiyni 1790-y. da ingliz mineralogi Krouford Shotlandiyaning Stronshian (Strontian) shahri yaqinida topilgan stronsianit minerali tarkibida kashf qilgan. Metall xrldagi Stronsiyni amalgama koʻrinishida 1908-y. da ingliz kimyogari G. Devi elektroliz yoʻli bilan gidroksiddan ajratib olgan. S. Yer poʻstining massa jiqatdan 4102% ini tashkil qiladi. Uning 30 ga yaqin minerali maʼlum. Ulardan selestin SrSO4 va stronsianit SrCO3 sanoat ahamiyatiga ega.

Ensiklopediya.uz
STRONSIY