STRESS

STRESS

STRESS (ing. stress — bosim, kuchlanish, tanglik) odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik xrlati. Organizmda har xil taʼdirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. «Stress» terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim S holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va b.) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, histuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi Stress ham xavfli, ham ijobiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi Stress larsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki Stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi G. Selye. Demak, Stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham boʻlishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy taʼsirotlarga chidamliligini oshiradi (mas, infeksiyalar, qon yoʻqotish va b.), maʼlum bir somatik kasalliklar (mas, yara kasalligi, allergiya, yurak kasalliklari va b.) kechishini yengillashtiradi yoki bemorning ulardan form boʻlishiga yordam beradi. Zararli Stresslar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, koʻpgina kasalliklarning kechishini ogʻirlashtiradi. Stress taʼsirida kasalliklar paydo boʻlishida organizmning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Mas, gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorda Stress ogʻirroq, yaʼni gipertonik krizlar bilan kechadi.

Ensiklopediya.uz
STRESS