STREPTOKOKK
STREPTOKOKK (yun. streptos — zanjir va kokklar) — harakatsiz bakteriyalar turkumi (diametri 0,6—1 mkm). Havo changi, odam terisi va b. da uchraydi. Boʻlinib koʻpayadi, natijada har xil uzunlikdagi sharsimon hujayralar zanjiri hosil boʻladi. S spora hosil qilmaydi; grammusbat; shakar va spirtni bijgʻitadi. Ayrim turlari amaliy ahamiyatga ega; sut kislota Si laktozani bijgʻitib sut kislota hosil qiladi. Bu jarayondan sut mahsulotlari (prostokvasha va b.) olishda foydalaniladi. Polisaxaridlarni dekstranga aylantiruvchi ayrim turlari qon oʻrnini bosuvchi suyuklik tayyorlashda qoʻllanadi. Kasallik tugʻdiruvchi turlari angina, saramas, yiringli kasalliklar paydo qiladi; qonni zararlaydi. Baʼzi Streptokokklar eritrotsitlarni yemirish (gemoliz) xususiyatiga ega.
Ensiklopediya.uz
STREPTOKOKK