STOUN

STOUN

STOUN (Stone) Richard (19131991, London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij un-tini tugatgan (1935). 1945-y. dan Kembrij un-tida dars bergan, moliya va buxgalteriya hisobi fti prof., Iqtisodiy jamiyat va xalqaro statistika in-ti prezidenti (1955). Stoun koʻpgina mamlakatlarda qoʻllanilayotgan milliy hisoblar tizimini yaratdi. Iqgisodiy qarashlarida neokeynechilik tarafdori boʻlib, iqtisodiy oʻsishning koʻp sektorli modelini yaratdi, amaliy ekonometrika sohasida tadqiqotlar olib bordi. Uning milliy hisoblarga moliya balansi tizimini kiritishi katta yangilik boʻldi. Amaliy ekonometrika sohasida 1954-y. da chiqqan «Buyuk Britaniyada isteʼmol afzalligi va xarajatlar hisobi. 1920 — 1938» kitobi klassik asar hisoblanadi. Nobel mukofoti laureati (1984). As: Metod «zatratы vыpusk» i natsionalnыye scheta (per. s angl.), M., 1966.

Ensiklopediya.uz
STOUN