Stomatit — turlari, sabablari, alomatlari, tasnifi, davolash usullari, ma’lumotlar
Stomatit — bu og’iz bo’shlig’i shilliq epiteliy qavatining yallig’lanishidir. Odatda, stomatit bolalik bilan bog’liq kasallikdir. Biroq, hozirgi vaqtda ushbu kasallik kattalarda ham tobora ko’p kuzatilmoqda.
Yallig’lanish ko’pincha lablarda, yonoqlarda, tanglayning ichki yuzasida uchrashi mumkin. Ba’zida stomatit til ostida ham kuzatiladi. Kasallik rivojlanishi sabablari atrof-muhitning salbiy ta’siri va organizmning immun qobiliyatlarining sustlashishidir.
Sabablari
- Infektsion agentlar. Turli bakteriyalar va viruslar, albatta, og’iz shilliq qavatiga zarar yetkazadi. Ammo, shartli patogen flora har bir kishi mavjud bo’lsa-da, har doim ham o’zini namoyon qilmaydi. Qo’zg’atuvchining faol o’sishi va patogenezi uchun organizmning himoya qobiliyatini sustlashtiruvchi omil talab etiladi.
- Noto’g’ri ovqatlanish. Boy va to’liq ovqat ratsioni organizmni normal hayot uchun zarur bo’lgan vitamin va mineral moddalar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ushbu moddalarning yetishmasligi kasallanish ehtimolligi oshishiga olib keladi.
- Og’iz bo’shlig’i shikastlanishi. Stomatit ko’pincha og’iz shilliq qavati yaxlitligining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunga lablarni tishlash, shilliq qavatning quruq va qattiq oziq-ovqat bilan jarohatlanishi, kuyish sabab bo’lishi mumkin.
- Gigiena qoidalariga rioya qilmaslik. Sabzavot va mevalarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilish, qo’llarni yuvish rejimining buzilishi.
- Stomatologik aralashuv. Tish protezlarini noto’g’ri o’rnatishda, ayniqsa sifatsiz materiallardan foydalanilgan bo’lsa yoki shifokor yetarli malakaga ega bo’lmasa.
- Og’iz bo’shlig’ining noto’g’ri gigienasi. Tishlarni haddan ortiq ko’p yuvish va tarkibida natriy laurilsulfat saqlagan tish pastalarini ishlatish natijasida so’lak ajralishi sekinlashadi va shilliq qavatning suvsizlanishi rivojlanadi. Bu ta’sir tashqi omillarga og’iz epiteliyning kurashuvchanligini kamaytiradi va natijada stomatit rivojlanadi.
- So’lakni kamaytiradigan dori-darmonlarni qabul qilish. Bunday preparatlar, xususan, diuretiklarni o’z ichiga oladi.
- Chekish va haddan tashqari spirtli ichimlik iste’moli.
- Boshqa Surunkali kasalliklar.
Ko’pincha stomatitlar tanadagi bir qator yashirin kasalliklar mavjudligini ko’rsatadi, masalan:
- Sinchkovlik bilan diagnostika yordamida stomatit bilan og’rigan bemorlarning ayrimlarida burun, bo’yin va og’izning onkopatologiyasi aniqlandi.
- Ionlashtiruvchi nurlanish va kimyoterapiya vositalari ta’siri.
- Oshqozon traktining kasalliklari, ichak parazitlari bilan kasallanish.
- Og’izdagi stomatit turli sabablarga ko’ra og’iz shilliq qavatining uzoq muddat suvsizlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
- Og’izda tez-tez yaralarning paydo bo’lishi ehtimoli OIV infektsiyasiga ega bo’lgan odamlarda yuqoriroqdir.
- Ayollarda gormonal fonning buzilishi (ham patologik, ham homiladorlik yoki menopauza sabab).
- Aftoz stomatit ko’pincha qandli diabet mavjudligi bilan bog’liq.
- Bronxial astmani aerozol shaklidagi gormonlar bilan davolash zamburug’ tabiatli stomatitiga olib keladi.
- Og’izdagi yaralarning paydo bo’lishiga ko’pincha anemiya hamrohlik qiladi.
Tasnifi
Katta yoshdagi odamlarda stomatitlar zararli ta’sirning xususiyatiga qarab bir necha turga bo’linadi.
Stomatit turi | Kelib chiqishi sabablari | Namoyon bo’lishi |
---|---|---|
Bakterial | Og’iz bo’shlig’ida strepto- va stafilokokklar gram-musbat bakteriyalar turlarining patologik ko’payishi. | Tezda eroziya va yaralarga aylanuvchi yiringli yaralar paydo bo’lishi. |
Virusli | Epshtein-Bar virusi yoki oddiy gerpes virusi yuqishi (gerpetik stomatit). | Shilliq pardalarda shaffof suyuqlik saqlagan pufakchalar paydo bo’lishi. Pufakchalar ikkilamchi patogenlar bilan infektsiyalangandan keyin suyuqlik xiralashadi, pufakcha yorilishi va eroziya hosil bo’ladi. |
Zamburug’li | Candida turiga mansub zamburug’larning patologik o’sishi, immunitetning pasayishi yoki antibiotiklarni uzoq vaqt davomida qabul qilish. | Oq plastinkaning shakllanishi, bu eroziya va og’riqli his-tuyg’ularga olib keladi. |
Nurlanish | Nurlanish natijasida olingan ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri. | Eroziya va zichlangan shilliq qavatning shakllanishi. |
Kimyoviy | Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining ishqorlar yoki kislotalar bilan kuyishi. | Chuqur yaralar paydo bo’lib, bu yaralar shilliq qavatning shikastlanishini keltirib chiqaradi. |
Stomatit belgilari
Odatda, stomatit belgilari kasallik kelib chiqishi sababidan qat’iy nazar o’xshash bo’ladi. O’tkir og’ir intoksikatsiya, isitma va boshqa jiddiy alomatlar kam kuzatiladi.
Yaralar va boshqa kasalliklar rivojlanishi va qaytalanishini oldini olish uchun quyidagi alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi:
- Stomatitning kelib chiqishi zararlangan hududning shishishi va og’riqli hislar bilan birga qizarishi bilan boshlanadi.
- Agar stomatit bakterial infektsiya tufayli rivojlangan bo’lsa, jarohat joyida ertasi kuni silliq kichik yara hosil bo’ladi. Uning atrofida qizarish kuzatiladi, jarohatning o’zi ingichka oq parda bilan qoplangan bo’ladi.
- Agar yaraga teginilsa, og’riq va achishish paydo bo’ladi. Ba’zi hollarda jarohat og’rig’i ovqat yeyishga va normal gapirishga to’sqinlik qiladi.
- Stomatitning kechishi so’lak ajralishining oshishi va og’izdan yoqimsiz hid kelishi bilan birga bo’ladi. Ba’zi holatlarda milk qonashi kuzatiladi.
- Og’ir hollarda kasallik tana haroratining 39°C gacha ko’tarilishi va limfa tugunlarining kattalashishiga sabab bo’lishi mumkin.
- Yaralar eng ko’p uchaydigan joy — lablarning ichki yuzasida, lunjda, tanglayda va bodomsimon bezlar ustida bo’ladi. Kasallikda yarachalar kamdan-kam hollarda tilda va til ostida paydo bo’ladi.
Davolash
Gigiena qoidalariga rioya qilmaganlikdan kelib chiqqan kataral stomatit va aftalarsiz holda shilliq pardalarning yallig’lanishini juda oddiy uyda davolash mumkin, davolash bir hafta davom etadi.
Davolanish davomida tezroq tiklanish uchun agressiv oziq-ovqatlardan vaqtincha tiyilishga (nordon, sho’r, haddan ziyod qattiq, juda issiq yoki sovuq oziq-ovqatlar), va og’izni tez-tez zararsizlantirish vositalari bilan chayishga harakat qilish kerak.
Stomatit infektsiya belgilari bilan yanada jiddiyroq bo’lsa, tish shifokoriga murojaat qilish kerak. Davolash surunkali kasallik rivojlanishini oldini olish, og’riqni kamaytirish, shilliq qavatni tiklash va ikkilamchi kasallikning tarqalishi oldini olish bo’yicha choralarni o’z ichiga olishi kerak.
Og’riq qoldiruvchi moddalar
Stomatit oziq-ovqat iste’mol qilishga, so’zlashishga to’sqinlik qilayotgan bo’lsa va bemor uchun jiddiy noqulayliklarni yaratadigan bo’lsa, shifokor og’riq qoldiruvchi mahalliy preparatlarni tayinlanlashi mumkin.
Preparat | Faol modda | Chiqarilish shakli | Ko’rsatiladigan ta’sir |
Anestezin | Anestezin, dermatol | Maydalab kukun qilish uchun tabletkalar | Shilliq qavat yuzasini og’riqsizlantirish |
Geksoral | Benzokain, xlorgeksidin | Shimish uchun tabletkalar | Antibakterial ta’sir va mahalliy og’riqsizlantirish |
Lidokain | Lidokain, xlorgeksidin | Sprey | Zararsizlantiruvchi va og’riq qoldiruvchi, aftoz stomatitni davolashda ko’proq qo’llaniladi |
Lidoxlor | Lidokain, xlorgeksidin | Gel | Antiseptik, og’riq qoldiruvchi |
Xalq tabobati vositalari orasida tabiiy mahsulotlar, masalan kalanxoe sharbati, moychechak, gulhamishabahor (kalendula), mavrak (shalfey) damlamalari shilliq pardalarga antibakterial, tinchlantiruvchi va shishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Yallig’lanishga qarshi dorilar, antiseptiklar
Stomatitni davolash doimo antibakterial dorilarni o’z ichiga olishi kerak. Ushbu preparatlar shimish, malham, gel, sprey, tabletka, chayish va boshqa shakllarda qo’llanilishi mumkin.
- Spreylar: Ingalipt, Geksoral, Lugol;
- Kamistad — lidokain asosli gel, — kuchli og’riq qoldiruvchi va moychechak — tabiiy samarali antiseptik;
- Elyudril — og’izni chayish uchun va stomatitga qarshi ko’p ishlatiladigan suyuqlik;
- Stomatidin (geksetidin) — antiseptik yaratish, dezenfekte va samarali oson anestetik ta’sir ta’minlaydi;
- Kameton — efir moylari asosida tayyorlangan, antimikrob va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi va mahalliy og’riqsizlantirish hususiyatiga ega. Aerozol va sprey shaklida chiqariladi;
- Aktovegin — stomatitning dastlabki bosqichlarida qo’llaniladi, jarohatlangan to’qimalarni davolashga yordam beradi.
Antivirus, zamburug’larga qarshi va antigistamin preparatlar
Stomatitlarning har qanday turi — zamburug’li, virusli yoki allergik bo’lishiga qarab tegishli preparatni qo’llash kerak. Stomatitga qarshi dorilar to’g’ri tanlangandagina yaxshi samara beradi.
Antivirus preparatlar | Zamburug’larga qarshi preparatlar | Antigistamin preparatlar |
Asiklovir, Zoviraks, interferon, tebrofen, bonafton va oksolin saqlagan malhamlar. | Nistatin maz, Levorin, Mikonazol gel, Daktarin, Mikozon. | Tavegil, Suprastin, Tsetril, Loratodin, Klaritin, Fenistil. |
Shilliq qavatning tiklanishini jadallashtiruvchi preparatlar
- Solkoseril — stomatologiya amaliyotida ko’p ishlatiladigan preparatdir. Pasta shaklida ishlab chiqariladi. U to’qimalarning hujayraviy oziqlanishini yaxshilashga yordam beradi va ularni tiklash jarayonini tezlashtiradi.
- Karotin — yog’li suyuqlik, tashqi qo’llaniladi. Preparatning faol moddasi betakaroten — antioksidant, retinolga o’xshash, hujayralarga himoyaviy ta’sir ko’rsatadi.
- Chakanda (oblepixa) va na’matak yog’lari ajoyib tabiiy shifobaxsh mahsulotlardir.
- Vinilin (Shostakovskiy balzami) — antiseptik. U yaralarni o’rab oladi, ularni tozalaydi va tiklanishni tezlashtiradi.
Allergik stomatit
Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi allergiyadan aziyat chekishadi. Biroq, allergik reaktsiyalarning namoyon bo’lishi butunlay turlicha bo’lishi mumkin.
Ba’zilarda allergiya sabab kuzatiladigan stomatit uchraydi. Bu yangi protez o’rnatilgandan yoki notanish dori vositasidan foydalanish natijasida sodir bo’lishi mumkin. Bunday holda stomatit alohida xastalik sifatida gapirilmaydi. Og’izning shilliq qavatida yaralar paydo bo’lishi allergiya belgisi hisoblanadi.
Bunday stomatitni davolash, asosan, allergenni aniqlash va chiqarib tashlashdan iborat bo’lib, keyin yuqorida bayon qilingan antigistaminlarni qo’llashni o’z ichiga oladi. Dori moddalarini tabletkalar shaklida qabul qilish yoki ularni applikatsion qo’llash mumkin.
Gerpetik stomatit
Odamlarda stomatitga olib kelishi mumkin bo’lgan barcha viruslar orasida, oddiy gerpes virusi ehtimoli eng keng tarqalgan. Bundan tashqari, 10 nafar kattalardan 9 tasi bu virusni tashuvchisi hisoblanadi. Ko’pgina odamlar yoshligida birinchi bor gerpes virusi bilan uchrashadi. Birinchi aloqadan keyin virus inson organizmida butun umr qoladi. Ammo sog’lom immunitet tizimi uning namoyon bo’lishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ham inson oddiy gerpes virusi tashuvchisi ekanligini bilmasligi mumkin.
Muammolar turli salbiy oqibatlar natijasida immunitetni zaiflashtiradigan bir paytda boshlanadi. Agar bu vaqtda og’iz shilliq qavatiga zarar yetkazilsa, bu ehtimollik yuqori bo’lgan omillar majmui og’iz bo’shlig’i yallig’lanishiga olib keladi.
Odatda, kattalardagi gerpetik stomatitda intoksikatsiya sindromi rivojlanishi kuzatilmaydi. Tanglayda, tilda yoki lablarning ichki yuzalarida pufakchalarning shakllanishi birdan sodir bo’ladi, zudlik bilan ko’p miqdorda bir-biriga yaqin joylashgan pufakchalar hosil bo’ladi. Ko’p o’tmay ular yoriladi, og’riqli eroziya maydonini yaratdi.
Gerpesli stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- Og’riqni mahalliy anestetik bilan yo’q qilish.
- Yallig’lanishga qarshi va jarohatni davolash vositalarini qo’llash.
- Antigistaminlarni qabul qilish (kerak bo’lsa, bir-biriga mos tushadigan dorilar).
- Antivirus preparatlarni qabul qilish. Shuni nazarda tutingki, antivirus dori-darmonlarni shifokor maslahatisiz qabul qilish kerak emas.
- Tananing immunitet tizimini tiklash — multivitaminlar kursi, immunomodulyatorlarni qo’llash.
Aftoz stomatitni davolash
Aftoz stomatit boshlanishining tabiati to’liq aniqlanmagan. Ba’zi shifokorlar, uning kelib chiqishi sababi stafilokokklar deb ta’kidlaydi. Kasallikning faqat virusga xos xususiyati bor. Ehtimol, aftoz stomatit — bu organizmning mudofaa tizimining pasayishi natijasida paydo bo’lgan oddiy gerpes virusi bilan bog’liq atipik shakli bo’lishi mumkin.
Ushbu turdagi kasallikning o’ziga xos xususiyati — afta deb ataladigan shilliq qavatning ko’rinishi. Bular oq yoki sarg’ish markazli dumaloq shakldagi mayda mayin va yonlari qizargan yarachalardir.
Bunday stomatitlar ko’p yillar davomida davom etishi, tez-tez qaytalanishi mumkin, ammo og’ir tus olmaydi. Ba’zi hollarda aftalar bir necha hafta davomida shifo topmaydi, shunda kasallik yara-nekrotik shaklga o’tadi. Bu kasallikning og’ir darajasi immunodefitsit, og’ir metalllar bilan zaharlanish, leykemiya, ionlovchi radiatsiya ta’siri kabi ta’sirlar natijasida rivojlanishi mumkin.
Ushbu turdagi stomatitni davolash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- Toksik moddalarni tanadan chiqarish: 2-3 ml gacha 10% suvli natriy tiosulfat eritmasining in’yektsiyasi yoki ichilishi.
- Lizoztsim, Pirogenal va boshqa shu kabi preparatlar yordamida tananing barqarorligi va moslashuvchanlik qobiliyatini oshirish.
- Vitamin preparatlarini iste’mol qilish, ayniqsa, muhim bo’lgan B vitaminlari, Fe va Zn ionlari yetishmovchiligini bartaraf etish.
- Antigistamin preparatlar va shishlarni bartaraf etadigan preparatlar bilan davolash.
- Parhezga qat’iy rioya qilish: ko’p miqdorda tuz, shakar, kislotalar, ziravorlar, qattiq moddalar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlanish.
Qayta kasal bo’lib qolgan bemorni to’liq tekshirish kerak, chunki surunkali kasallikning aniqlanmay qolishi ehtimolligi ham yuqori.
Kandidozli stomatit
Stomatitning bunday turi Candida turidagi zamburug’larning og’izda patologik ko’payishdan kelib chiqadi. Ushbu tur zamburug’ og’iz bo’shlig’ida barcha odamlarda aniqlanadi, ammo ba’zi hollarda faol ko’payish bosqichiga o’tishi mumkin, bu patologiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Candida zamburug’lari, odatda, OIV yoki sil bakteriyalari, qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda yoki immun tizimi zaif, antibiotiklar yoki steroid dorilar bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan insonlarga zarar yetkazadi.
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining kandidoz stomatitining o’ziga xos xususiyati — tanglayda, lunjda, tilning ostida oq parda hosil bo’lishi. Shilliq qavatdagi zamburug’ kolonniyalarini mexanik tarzda olib tashlash og’riqli yallig’lanish o’choqlari paydo bo’lishiga olib keladi.
Zamburug’ hujayralari qatlamlari ostida epiteliy shishadi va qizaradi. Kasallik juda rivojlanib ketgan holatlarda, zamburug’li kolonniyalar qatlamlari bir-birining ustiga chiqib ketadi, ularning ostida eroziv to’qima hududlari hosil bo’ladi. Bundan tashqari, og’zida zamburug’li infektsiya mavjudligida og’iz burchaklarining yorilishi, so’lak ajralishining kamayishi, ovqat yeyish va gapirish vaqtida achishish va og’riq sezilishi kuzatiladi.
Kandidozli stomatitni davolash strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Tabletkalar va kapsulalar (Diflyukan yoki Flukonazol, Irunin, Primafungin, Nistatin, Levorin, Kandid yoki Klotrimazol) shaklida oral dori vositalarni qabul qilish.
- Zamburug’li infektsiyalarga qarshi (nistatin va levorin moyi, mikonazol-gel) malham va gellardan mahalliy foydalanish.
- Og’iz bo’shligi va protezlarni dezinfektsiyalash (iloji bo’lsa bo’lsa). Ishlov berish natriy bikarbonat eritmasi, 2-4%li glitserin boraks eritmasi, glitserin yodli eritmalar (Lugol, Yodinol) bilan amalga oshiriladi.
Zamburug’lar geterotroflar bo’lgani sababli, ular uchun oziq moddalarining asosiy manbai oddiy uglevodlar yoki oddiy qilib aytganda iste’mol qiladigan oddiy shakarlardir. Stomatit bilan kurashishning eng yaxshi ta’siri uchun oddiy tarkibdagi uglevodlar (qandolat mahsulotlari, un mahsulotlari va hokazo) yuqori bo’lgan mahsulotlarni ratsiondan vaqtincha chiqarib tashlash tavsiya etiladi.
Og’izda kandidozli stomatitlar tez-tez qaytalanib tursa gastroenterolog yoki endokrinologga murojaat etish kerak, chunki zamburug’li stomatining sabablari organizm faoliyatining buzilishlari natijasida bo’lishi mumkin.
Kasalliklar
alomatlari, davolash usullari, ma’lumotlar, sabablari, Stomatit — turlari, tasnifi