STOMATIT HAQIDA BATAFSIL haqida to’liq ma’lumot oling

STOMATIT HAQIDA BATAFSIL haqida to’liq ma’lumot oling

STOMATIT HAQIDA BATAFSIL

#Stomatit👇

Turli etiologiyali og’iz shilliq qavatini yallig’lanishi. Birlamchi (mustaqil) va ikkilamchi(boshqa kasalliklar belgisi) bo’lishi mumkin. Ekologik sharoit nojo’yaligi sababli nafaqat bolalarda balki katta yoshdagi insonlarda ham uchraydi.

#SABABLARI👇

1.Bakteriya, virus, mikoplazma
2. B guruh vitaminlari, foliy kislotasi, temir, rux moddasi yetishmovchiligi.
3.Og’iz bo’shligi travmalari (noto’g’ri protez qo’yish, qattiq ovqat) 4.Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik
5.Yuvilmagan mahsulotlarni ovqatga ishlatish
6.Natriy sulfat tarkibli tish pastasidan uzoq muddat foydalanish.
7.Diuretiklarni uzoq qabul qilish (so’lak miqdori kamayadi).

#BELGILARI👇

1.Kataral stomatit – shilliq qavat qizarishi, shishi, qonashi, so’lak oqishi, chaynish paytida og’riq, oq pilakcha bo’lishi
2.Yarali stomatit – butun shilliq qavat zararlanadi, tana harorati ko’tariladi, limfatik tugunlar kattalashadi.
3.Aftoz stomatit – dumaloq shaklda ko’p miqdorda, kulrang pilik bilan qoplangan yaralar
4.Allergik stomatit

#DIAGNOSTIKA👇

1.Umumiy ko’rik
2.Kandidoz va gerpesga polimeraz zanjir reaksiya
3.Qirtma yoki surtmaning bakteriologik tekshiruvi.

#DAVOLASH👇

1.Anestetikli eritmalar bilan chayish
2.Antibakterial vositalar Zamburug’ga qarshi, virusga qarshi vositalar
3.Epiteliyni tiklovchi dorilar
4.Fizioterapiya (ultratovush, magnitoterapiya, UFO).

#PARHEZ👇

1.Sho’r,achchiq,ziravorlar,tomat va apelsin sharbati
2.Spirtli ichimliklar mumkin emas

#PROFILAKTIKA👇

1.Og’iz bo’shlig’i gigiyenasi
2.Yilda 1-2 marta stomatolog ko’rigi
3.Ratsional ovqatlanish.

Malumotlar
STOMATIT HAQIDA BATAFSIL