STOLIPIN Pyotr Arkadyevich

STOLIPIN Pyotr Arkadyevich

STOLIPIN Pyotr Arkadyevich (1862.5.4, Drezden — 1911.5.9, Kiyev) — Rossiya davlat arbobi. Peterburg un-tini tugatgan (1884). 1889-y. dan Rossiya Ichki ishlar ministrligida xizmat qilgan. Grodno (1902), Saratov (1903—06) gubernyalari gubernatori, Rossiya Ichki ishlar ministri (1906-y. 26 apr. dan), ayni paytda Ministrlar Soveti raisi (1906-y. 8-iyundan). Stolipin hukumat raisi boʻlgach, Rossiya qishloq xoʻjaligi. asosida uning iqtisodiyotini tubdan isloh qilish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Rossiyada krestyanlar (dehqonlar)ga qishloq jamoasidan ajralib chiqib, ularga alox. ida chek yerlari (tomorqa) ajratilishi haqidagi farmon (1906-y. 9 noyab.), uning asosida III Davlat dumasining qonuni (1910-y. 14 iyun) qabul qilingach, islohotlar boshlandi. Stolipin tashabbusi va uning ishtirokida tayyorlangan islohotlar Stolipin islohoti sifatida mashxur boʻlgan. Unga koʻra, dehqonlarga ajratilgan chek yerlarni sotib olish va sotishga ruxsat berildi. Islohot davomida yer tuzish ishlarida asosiy eʼtibor dehqonlarning chek yerlarida xutorlar tashkil etishga qaratilgan. Islohotdan koʻzda tutilgan yana bir maqsad Rossiyaning markaziy gubernyalaridan dehqonlarni Sibir, Ural, Oltoy, Turkiston va b. chekka oʻlkalarga koʻchirish boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
STOLIPIN Pyotr Arkadyevich