STILISTIKA

STILISTIKA

STILISTIKA (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi) , uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtayi nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.

Ensiklopediya.uz
STILISTIKA