STERINLAR
STERINLAR, sterollar — steroidlar sinfiga mansub siklik spirtlar. Koʻpchilik Sterinlar — optik faol kristall moddalar, ular organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Mikroorganizmlar, oʻsimlik va hayvonlardagi Sterinlarning umumiy oʻtmishdoshi skvalen uglevodorodidir, u siklik lanosterin (S30N50O)ga yoki uning izomeri sikloartenolga aylanadi, keyinchalik bulardan tarkibida 27—29 uglerod atomi boʻlgan turlicha Sterinlar hosil boʻladi. Hayvon Sterinlar ining eng muximi — xolesterin; zamburuglarda, jumladan, xamirturushda koʻplab uchraydigan — ergosterin, oʻsimliklardagi koʻpchilik Sterinlar guruxlari (fitosterinlar) ichida eng koʻp uchraydigan rsitosterin va stigm asteri ndir. Sterinlar yuqori tuzilgan hayvonlarning nerv toʻqimalari, jigari, sperma toʻqimalarida boʻladi; ular yuqori yogʻ kislotalari bilan murakkab efirlar hosil qiladi. Sterinlar oʻsimliklarda erkin holda yoki yog kislotalari bilan (steridlar), uglevodlar bilan (fitosterolinlar) yoxud ikkalasi bilan birikkan holda boʻladi.
Ensiklopediya.uz
STERINLAR