STEREOKIMYO

STEREOKIMYO

STEREOKIMYO (stereo… va kimyo) — kimyoning molekuladagi atom yoki atomlar guruhi (radikallar)ning fazoviy joylashishini oʻrganadigan sohasi. Stereokimyo dastlab 19-a. oxirlarida Ya. G. VantGoff tadqiqotlari asosida organik kimyoning boʻlimi sifatida paydo boʻldi. Stereokimyo geometrik (yoki sistrans) va optik izomeriyanp oʻrganadi. Geometrik izomeriya, asosan, molekulasi tuzilishida qoʻshbogʻ yoki siklik bogʻlangan atomlari boʻlgan birikmalarga xosdir. Geometrik izomeriyaga oʻxshash aylanma izomeriya aromatik birikmalarda uchraydi. Mas, 2,2ʻdinitrofenil — 6,6ʻ dikarbon kislota qutbli guruhlarning oʻzaro taʼsiri natijasida ular bogʻi oʻq atrofida aylanishiga toʻsqinlik qiladi. Shu boisdan bu birikmaning 2 ta fazoviy shakli (I va II shakllar) mavjud.

Ensiklopediya.uz
STEREOKIMYO