STENOKARDIYADA YORDAM to’liq malumot oling

STENOKARDIYADA YORDAM to’liq malumot oling

?STENOKARDIYADA YORDAM?

?Stenokardiya (yun. stenos — tor, qisqa va kardia — yurak), yurak qisishi — yurak ishemik kasalligining keng tarqalgan shakli.Bunda miokardning kislorodga bolgan talabi oshgan vaqtda toj tomirlar yetarli miqdorda kengaymaydi va og’riq sindromi kuzatiladi.Aksariyat hollarda ateroskleroz sababchi bo’ladi

?‍♂️Belgilari:

➖o’tkir,ezuvchi,siquvchi og’riq

➖to’sh ortida va chap qo’lda,chap kurak ostida og’riq

➖pastki jag’da,bo’yinda,epigastral sohada ogriq ayrim hollarda o’ng qo’l va belda ham og’riq

➖hansirash,terlash

➖o’limdan qo’rqish hissi

➖bemor kam gap,og’riq sohani mushtini to’sh suyagini ustiga qòyib ko’rsatadi

?‍⚕️Birinchi yordam va davolash:

⛔️Stabil stenokardiyada:

➖nitroglitserin-0.5 mg til ostiga

➖izosorbit dinitrat-5 mg dan har 5 daqiqada 3 martagacha

➖nitroglitserin aerozol 1-2 nafas olganda 3 martagacha

➖nitratlarni qo’llashga qarshi ko’rsatma bo’landa nazorat ostida nifedipin 0.01va metaprolol 5 mg til ostiga yoki chaynashga buyuriladi

⛔️Nostabil stenokardiyada:

➖birinchi bemorni tinchlantirish

➖nitroglitserin 0.0005 til ostiga 1-2 tabletkadan yoki aerozol 1-2 doza

➖analgin 50%—4 ml. m/o yoki v/i

➖baralgin 5ml. m/o yoki v/i

➖aspirin 325 mg chaynashga

➖10 000 birlikdan geparin v/i oqim bilan keyin har 4-6 soatda 5000 birlikda teri ostiga yuborib turiladi

➖Miokard infarktiga shubha bo’lganda streptokinaza 1500000 birlikda(alteplaza yoki streptodekaza) buyuriladi

?Stenokardiyani miokard infarktidan farqlashda nitroglitserindan foydalaniladi.Nitroglitserin bergangan keyin 30 daqiqada oq’riqlar yo’q bo’lib bemor o’zini yaxshi xis qilmasa miokard infarktiga shubha qilsa bo’ladi

?‍⚕️Dr:Abduqahhorov_Abduvahob

Kasalliklar
STENOKARDIYADA YORDAM