STENDAL
STENDAL (Stendhal) (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari Beyl) (1783.23.1, Grenobl 1842.23.3, Parij) — fransuz yozuvchisi. Advokat oilasida tugilgan. 1799-y. da harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida xizmatda boʻlgan (1806—14). Soʻng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan tanishgan. Italyan romantiklarining «Conciliatore» («Yarashtiruvchi») jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1815-y. dan boshlab Stendalning dastlabki asarlari eʼlon qilina boshlagan. Bu asarlardagi respublikachilik ruhi va cherkov shaʼniga aytilgan nomunosib soʻzlar Avstriya politsiyasida Stendalga nisbatan shubha uygʻotadi. Hayoti xavf ostida qolgan Stendal 1821-y. da Parijga qaytib, maqolalar yozadi, romantizm haqidagi munozaralarga kirishadi va publitsistik risolalar eʼlon qiladi. 1830-y. Iyul inqilobidan keyin Stendal dastlab Triyestda, soʻngra Rim yaqinidagi bir shaharchada fransuz konsuli lavozimida xizmat qiladi. S. Hayotining bu shaharchadagi soʻnggi 10 yili qizgʻin ijod bilan kechadi. Stendal ijodi 18—19-a. larning tutash nuq,tasida boshlanganiga qaramay, u imperiya qalokatga uchragunga qadar xavaskor yozuvchi darajasidan yuqori koʻtarilmadi. 1814-y. dan Tiklanish (Restavratsiya)ning soʻngiga qadar boʻlgan davrda Stendalning ijtimoiyfalsafiy va adabiyestetik qarashlari uzilkesil shakllandi. U shu davrda «Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti» (1817), «Italiyadagi rang-tasvir tarixi», «Rim, Neapol va Florensiya» (1817), «Muhabbat toʻgʻrisida» (1822), «Rossini hayoti» (1824), «Rasin va Shekspir» (1823—25), «Rim boʻylab sayr» (1829) singari publitsistik, falsafiypsixologik, shuningdek, sanʼat haqidagi asarlari va yoʻl xotiralarini eʼlon qildi. U qariyb 30 y. davom etgan tayyorgarlikdan keyin yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, «Armans» (3 j. li, 1927), «Kizil va kora» (1831), «Parma ibodatxonasi» (1939) romanlari, «Vanina Vanini» (1829) xikoyasi, «Vittoriya Akkoramboni», «Chenchi» (1837), «Gersoginya Palliano» (1838) va «Kastrolik abbatisa» (1839) singari yoʻl xotiralarini yaratdi. Bundan tashkari, Stendal shu davrda «Xudbinning xotiralari» (1832) va «Anri Bryular hayoti» (1835) avtobiografik kissalari, «Lyusyen Leven» (1834—36), «Lamyel» (1839—42) romanlari, «Minna Vangel» (1829—36) qissasi va b. asarlarini yezdi.
Ensiklopediya.uz
STENDAL