STEARIN

STEARIN

STEARIN (yun. stear — yogʻ, moy) — texnik stearin kislota, yuqori yogʻ karbon kislotalarining aralashmasi (asosan, stearin va palmitin kislotalari). Stearin oq yoki sariq rangli yarimshaffof, qoʻlga yogʻdek unnaydigan qattiq massa. Zichligi 920 kg/m3 (20°da), suyuqlanish t-rasi 53—65° (naviga koʻra). Hayvon yogʻlari gidrolizatlarini distillab yoki oʻsimlik moylarining goʻyinmagan yogʻ kislotalarini gidrogenlab olinadi. Sovun, sham ishlab chiqarish. da, rezina, toʻqimachilik va b. sanoat tarmoklarida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
STEARIN