STAZ

STAZ

STAZ (yun. stasis — dimlanib qolish, harakatsizlik) — naysimon aʼzolar (kapillyarlar, venalar, limfa tomirlar va b.)da ulardan oʻtadigan fiziologik suyuqlik, mas, qon (gemostaz), limfa (limfostaz) va b. ning dimlanib, toʻxtab qolishi. Kimyoviy va fizik omillar, bakteriyalar zahari taʼsirida, tomirlar innervatsiyasining buzilishi va b. oqibatida roʻy beradi. Tibbiyot amaliyotida «Staz» termini koʻproq kapillyarlar yoki venada qon toʻxtab qolishini ifodalaydi.

Ensiklopediya.uz
STAZ