STATSIYA
STATSIYA (lot. statio — joy, holat) — muayyan turdagi hayvon yashashi uchun zarur sharoit (relyef, iqlim, oziq, panajoy) mavjud boʻlgan joy. Tur uchun xos boʻlgan Statsiya tur areali ichida mozaik taqsimlangan. Xususiy maʼnoda «Statsiya» tushunchasi tur hayot kechirayotgan joyni bildiradi (oziklanadigan S, uya quradigan S, tunash Si). Alohida Statsiya boshqasidan relyefi, oʻsimliklari bilan farq qiladi. Tur, odatda, bir necha Sga ega boʻladi. Turli Statsiya turning hayotida har xil ahamiyatga ega. Mac, qishlash Si hayvonni qishki sovuqsan asraydi; tarqalish Statsiyasi turning koʻpayishi va katta maydonni egallashiga yordam beradi. S tushunchasi koʻproq quruklikda yashaydigan hayvonlarga nisbatan ishlatiladi va mazmunan yashash joyi tushunchasiga yaqin keladi.
Ensiklopediya.uz
STATSIYA