STATISTIKA
STATISTIKA (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni mikdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda Statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. Statistikaning asosiy boʻlimlari: S. ning umumiy nazariyasi — mikdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi; iqtisodiy Statistika — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va b. ni oʻrganadi (q. Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari Statistikasi — sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa S. siga boʻlinadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi Statistika si; ijtimoiy S — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h. k. Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun Statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi. Statistikada oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. Statistika usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa Statistika tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika S. fanining alogʻida boʻlimini tashkil etadi. Matematik Statistika statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot un-tida Statistika boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi; 2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro Statistikaga boʻlinadi. Xalqaro Statistika ijtimoiyiktisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro Statistikada BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi. Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda Statistika amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
Ensiklopediya.uz
STATISTIKA