Starterlarsiz mashina o’t oladimi ?

Starterlarsiz mashina o’t oladimi ?
starterlarsiz mashina ot oladimi 65ca65c445216

/ Avto Olam / От

DO`STLARGA ULASHING:

Starterlarsiz mashina o’t oladimi ?

Avvalgi postda dvigatel o’t olishgacha bo’lgan bosqichlarni ko’rib chiqdik. Endi esa dvigatel o’t olish jarayonida aslida nimalar sodir bo’lishini ko’rib chiqamiz. Siz «Start» tomonga kalitni burashingiz bilan avtomobilingizda zanjirli reaksiyani keltirib chiqaradi, natijada dvigatelning jonlanganiga guvoh bo’lasiz. Keling, tafsilotlarga to’xtalib o’tamiz:

Kalit buralishi bilanoq elektr to’lqinlari starterning solenoidiga yo’l oladi. Solenoid bu elektr oqimini mexanik harakatga aylantiruvchi starterning bir bo’lagi hisoblanadi. Manashu mexanik harakat tufayli starterning motoridan kichkina tishli mexanizm(шестерня) dvigatelning maxovik deb ataluvchi katta g’ildirak mexanizmiga borib ulanib kontakt hosil qiladi va shu maxovik dvigatel o’t olishida unga boshlang’ich aylantirib beruvchi yordamchi kuchni beradi, bu xuddi g’ildirakni qo’l bilan aylantirib uning aylanishiga sababchi bo’lib qoladigan insonga o’xshaydi. Lekin inson tomonidan aylantirilgan g’ildirak ozgina vaqtdan keyn to’xtab qoladi. Dvigatel esa endi to’xtamaydi sababi endi uning ichida bu ishni to’xtovsiz qiladigan qo’llar ya’ni porshenlar bor.

Shunday ekan shu elektr motorli startersiz mashina dvigateli o’t ololmasdi. Videoda starter tishli mexanizmining maxovik bilan qanaqa kontakt hosil qilishi ko’rsatilgan.

@Avtomexanik_07

Starterlarsiz mashina o’t oladimi ?