Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli

Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli

Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli

Lean Startup metodologiyasiga ko’ra, mahsulotni yaratishdan oldin eksperimentlar o’tkazib, gipotezalarni tekshirish va iste’molchidan baho olish kerak.

Sayt yoki chiroyli blog ochib, mahsulotga bo’lgan qiziqishni tekshirib ko’ring. Real vaqt rejimida odamlar orasida so’rov o’tkazing va ularning xatti-harakatlarini tahlil qiling. Iloji boricha ko’proq gipotezalarni ilgari suring va ularni tekshiring. Keraksiz xarajatlardan uzoq turing. Quyida gipotezalarni sinab ko’rishning arzon usullaridan ba’zilarini keltiramiz:

  1. Facebook’da sahifa oching. Bu sayt yaratishdan ko’ra tezroq va arzonroq usuldir. Mahsulot haqida gapirib bering, biroz reklama sotib oling va sahifangizga qiziqib qolgan foydalanuvchilar bilan muloqot qilib ko’ring.
  2. Landing Page (mahsulotingizga bag’ishlangan bir sahifali sayt)’ni ishga tushiring. Sayt foydalanuvchilar muammosini yechishi va sizga buyurtmalar/fikrlar yig’ishi kerak. Lendinglarni qanday yaratish haqida keyingi maqolalarda ma’lumot beramiz.
  3. Kichik va oddiy video oling, u bo’lg’usi mahsulotingiz haqida bo’lsin. Zamonaviy grafik va videoredaktorlar yordamida yaxshigina video olish qiyin ham, qimmat ham emas. Videoni ko’rgan foydalanuvchilardan baho oling.
  4. 100 kishiga yozing, bular Facebook’dagi, profilli guruhlardagi do’stlaringiz, fikr bo’yicha yetakchilar va trendsetterlar bo’lishi mumkin. Ularga video yoki rasmni ko’rsating va fikrini so’rang. Savolni to’g’ri qo’ying, xushmuomala bo’ling.
  5. Agar mobil dasturingiz allaqachon tayyor bo’lsa, Facebook’ka maqsadli reklama joylang, u faqat smartfon egalariga qaratilgan bo’lsin. Bu yaxshi ish beradi va dasturning yuklab olinishida o’sishga olib keladi.

Ushbu arzon uslublarning barchasi sizga yo’lning eng boshidayoq startapingiz auditoriyasi «eshigini qoqish», gipotezalarni tekshirib ko’rish va baho olish imkonini beradi.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://spark.ru/

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli