STANISLAVSKIY haqida to’liq ma’lumot oling

STANISLAVSKIY haqida to’liq ma’lumot oling

STANISLAVSKIY (Alekseyev) Konstantin Sergeyevich (1863.1.1 — Moskva — 1938.7.8) — aktyor, rej., pedagog: teatr nazariyotchisi. Xalq artisti (1936). Peterburg FAning faxriy akad. Rus teatrining yirik islohotchisi. 1898-y. (V. Nemirovichdanchenko bilan) Moskva Badiiy akademik teatriga asos solgan. Teatr ijodiy faoliyatini boshlab berishi bilan sahna realizmi rivojlanish bosqichini xam boshlab, jahon geatriga katta taʼsir etdi (q. Stanislavskiy sistemasi). A. Chexov, M. Gorkiy pyesalarini saxnalashtirib, Stanislavskiy va Nemirovichdanchenko rej. lik va aktyorlik sanʼatining yangi yoʻllarini ochdi. «Doktor Shtokman» (G. Ibsen)da Doktor Shtokman, «Tubanlikda» (M. Gorkiy) Satin, «Vanya togʻa» (A. Chexov)da Astrov, «Uch opasingil» (A. Chexov)da Vershinin, «Akdlilik balosi» (A. Griboyedov)da Famusov, «Har toʻkisda bir ayb» (A. Ostrovskiy) da Krutiskiy kabi rollari klassik dramaturgiya imkoniyatlarini ochishga ijtimoiy teran yondashish namunasi boʻldi. 1918-y. dan Katta teatrning opera studiyasi (keyinchalik Stanislavskiy nomidagi opera teatri)ni boshqargan. «Yevgeniy Onegin» (P. Chaykovskiy), «Shoh qalligʻi» (N. Rimskiy Korsakov) kabi operalarni sahnalashtirgan. 1935-y. Operadramatik studiyasini tashkil etdi.

Malumotlar
STANISLAVSKIY